» Tasodifiy Maqola:
Munisa Rizayeva va Yamin Banddan yangi qo'shiq
Ikki duetdosh Munisa Rizayeva va Yamin Band o'z muxlislariga armon nomli qo'shig'ini taqdim qilishdi... Bu ikki duetdoshlarning ijodlariga omad tilab yangidan yangi qo'shiqlar kutib qolamiz Davomi...
Kutubxona | Mashxurlar hayoti

Ozodbek Nazarbekov haqida...

Qo'shdi:Sardor (01.07.2020 / 08:41)
Reyting:rating 9 article (0)
O'qilgan:43
Fikrlar:0
Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974 - yil 7 - mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug'ilgan.
1994 yildan qo'shiqchilik san'ati bo'yicha o'z ijodiy faoliyatini boshlagan.
2002 yildan buyon "O'zbeknavo" estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi.
Ozodbek Nazarbekov 1994-yildan Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Navro'z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Respublikamizning barcha viloyatlarida o'zining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan.
2003-yil 22-iyunda Turkiston saroyida "Oydin kechalar" deb nomlangan yakkaxon konsertini, 2005-yil 15-16 aprelda esa, Xalqlar do'stligi saroyida "Yuragimdan kuylaganim sen" deb nomlangan konsertini, 2006-yil 12-13-14-15-16-17 aprel kunlari "Sening darding...", 2007-yil 7-14 aprelda "Diydor shirin", 2008-yil aprelda "Jondan aziz", 1-2-3-4 avgustda "Yaprog'imiz azim chinorning", 2009-yil 4-24 aprelda "Mushtarak manzil", 2010-yil 5-23 aprel kunlari "Qadamlar hikmati" deb nomlangan konsert dasturlarini o'z muxlislariga taqdim etdi.
Xonandaning shu kungacha 11 ta audio, 8 ta video kasseta va disk to'plamlari yozilib, sotuvga chiqarilgan.
2007-yil Oliy mukofotlardan biri "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoni bilan taqdirlandi. 2010-yilda elu yurtning yuksak mukofoti "O'zbekiston Xalq artisti" unvoniga sazovor bo'ldi. 2010-yil мusiqa va tele video аsarlari nominasiyasi "M&TVA 2010" taqdimotining "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi" mukofotini qo'lga kiritdi.
Yuklash txt | fb2
» Malumotnoma[!]