Assalomu alaykum, Mehmon!
Tanxo.tk-super o'zbekcha va yangicha tanishuvlar
ยป Tasodifiy Maqola:
Tunlar boshim uzra allalar aytgan
Tunlar boshim uzra allalar aytgan, Tangridan bahtim-u, toleim kutgan. Endi esa g`amlarimga g`amgusor onam. Mening yo`llarimga intizor onam. Davomi...
Kutubxona | Mashxurlar hayoti

Otabek Muhammadzohid haqida...

Qo'shdi:Sardor (01.07.2020 / 21:40)
Reyting:rating 8 article (0)
O'qilgan:16
Fikrlar:0
Otabek Mamazoitov 1974 yilning 23 yanvarida Farg'onada tug'ilgan. Otasi Mamadali va onasi Marhabohonlarning to'ng'ich farzandi bo'lib, 2 singlisi bor. Katta singlisi Go'zalhon, kichigi O'zbekiston Xalq artisti Gulsanam Mamazoitovadir. Otabek Muhammadzohid 1992-94 yillarda Turkiyaning "Saljuq" Universitetining musiqa fakultetida pianino va ud cholg'usi bo'yicha tahsil olgan.1996 yilda Farg'ona Davlat Universitetining "O'zbek madaniyati va san'ati" fakultetini tamomlagan. O'zbekiston xalq hofizi, professor Tavakkal Qodirov qo'lida tahsil olgan.Otabek Muhammadzohid qo'shiqchilik faoliyati jarayonida 1982-1992 yillarda O'zbek sahnasida porlagan yulduzlarning qo'shiqlarini ihlos bilan yod olgan. Shu bilan birga, repertuaridagi ko'pgina qo'shiqlarning muallifi ham Otabek Muhammadzohidning o'zidir.Uylangan, 4 nafar farzandning otasi. Farzandlari: Mohinur, Mumtozmahal, Nuri Badiyya va Muhammadmabrurlardir.Otabek Muhammadzohid ijodidan bo'sh paytlarida kitob o'qish, rolikli konkida uchish va oila davrasida bo'lishni yoqtiradi.
Yuklash txt | fb2
UzMasterS.RuH9m.Rustatok.ru