» Tasodifiy Maqola:
ENG YIRIK TELEKOMMUNI-KATSIYA KOMPANIYASI
Tokioda joylashgan “Nippon Telegraf and Telephone Corporation” (NTT) dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi sanaladi. 2000 yilda kompaniyaga 979 56 mln. dollar kirib, shundan 2821 mln. dollar sof foyda qolgan. Davomi...
Kutubxona | Mashxurlar hayoti

GULSANAM MAMAZOITOVA

Qo'shdi:Sardor (01.07.2020 / 12:33)
Reyting:rating 13 article (0)
O'qilgan:44
Fikrlar:0
Gulsanam Mamazoitova 1981-yil 22-mart kuni Farg'ona shahrida san'atkorlar oilasida tug'ilgan. 1997-yilda Farg'ona shahridagi 1-o'rta maktabning 9-sinfini tamomlab Farg'ona Davlat San'at bilim yurtining "An'anaviy ijrochilik" bo'limiga o'qishga kirdi. 1999-yilda Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqomchilar ko'rik-tanlovida 2-o'rin, 2000-yilda Xorazmda bo'lib o'tgan 1-Respublika mumtoz musiqa festivali g'olibi bo'ldi. 2000-yilda bilim yurtini tamomlab O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining "Sharq musiqasi" bo'limiga qabul qilindi. 2003-yilda "Aziz ona yurtim navolari" milliy estrada ko'rik tanlovida 1-o'rinni egalladi. Gulsanam Mamazoitova 2004-yilga kelib O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining magistratura bosqichida o'z bilimlarini oshirishni davom ettirdi. Xuddi shu yili xonanda "Nihol" mukofoti bilan, 2006-yilda esa "O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist" unvonlariga sazovor bo'ldi.
Yuklash txt | fb2
» Malumotnoma[!]